Lionel Messi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 14.02.2026 17:37
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi jarohat sabab Jahon chempionatidan chetda qolishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Jahon chempionatida ishtirok etishi soʻroq ostida qolmoqda. Manbaga koʻra, futbolchi MLSning yangi mavsumiga tayyorgarlik koʻrmoqda. Biroq jismoniy holati ideal emasligi sabab mundial bahslarida maydonga tushmaslik ehtimoli mavjud. Messining oʻzi ham Amerika qitʼasida boʻladigan Jahon chempionatida qatnashmaslik variantini koʻrib chiqmoqda. Uning taʼkidlashicha, MLS darajasi yetarlicha yuqori emas va raqobatbardosh emas. Shuning uchun u oʻzining optimal sport formasini yoʻqotgan. Avvalroq Messining chap oyoq son qismidan kichik jarohat olgani haqida mish-mishlar paydo boʻlgan edi. Ayni damda argentinalik yulduz jismoniy holatini asta-sekin tiklab bormoqda.

Maʼlumot uchun, Messi 6-marta Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!