Litovka: "Gol urganimizdan keyin o‘yin biz tomonga o‘zgardi"

  • 24 iyun, 2023, 10:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoasining Buxorodagi g‘alabasida barcha futbolchilar qatori shubhasiz darvozabon Igor Litovkaning ham munosib hissasi bor.

Tecno

U uchrashuv davomida bir necha bor o‘zini ko‘rsatib, raqib tomonidan berilgan zarbalarni qaytarib qoldi. Posbon uchun darvozasi daxlsizligini saqlab qolish juda muhim.

Uchrashuvdan keyin uni g‘alaba bilan tabrikladik va “Andijon” matbuot xizmati uchun o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

“Tabrik uchun rahmat. Taassurotlarga kelsak, har ikkala jamoa uchun uchrashuv og‘ir o‘tdi. Gol urganimizdan keyin o‘yin biz tomonga o‘zgardi. Birgina vaziyat bahs taqdirini hal qildi.

Ha, har bir darvozabon uchun o‘yindan “quruq” chiqish, albatta yoqimli. Jamoaning g‘alaba qozonishi birinchi o‘rinda turadi. Lekin  0:0 dan ko‘ra, 2:1 yoki 3:1 hisobdagi g‘alaba afzalroq”, - deydi Litovka.

“Andijon” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
24/06/2023 17:41
Сог бу'л Литовка