
Livakovichni rad qilgan klublar
Jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatayotgan va Xorvatiya bilan yarim finalga qadar etib kelgan Livakovichga grand klublar qiziqish bildirmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchini yozda bir qator jamoalar o‘z tarkibiga qo‘shib olishni xohlamagan.
Insayder David Ornshteyn xabar berishicha, 27 yoshli darvozabonni 10 million evro evaziga sotib olish mumkin bo‘lgan. Ushbu taransferni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lgan klublar orasida “Manchester Yunayted” ham bor edi. Klub David De Xeaga o‘rinbosar qidirayotgandi. Ammo ular xorvatiyalikning o‘rniga Martin Dubravkani afzal ko‘rgan. Ayni damda “qizil iblislar” yana darvozabon qidirmoqda.
Bundan tashqari, “Lester Kasper Shmeyxel klubni tark etgach, ushbu transferga qiziqqan. Angliya klubi uning o‘rniga Denni Uordni asosiy darvozabonga aylantirishni ma’qul ko‘rgan.
“Nottingem Forest” ham “Dinamo Zagreb” bilan deyarli kelishuvga erishgan. Ammo ular “Manchester Yunayted” futbolchisi Din Xendersonni ijaraga olgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Livakovichning klubi uni grand jamoalarga qo‘yib yuborishga tayyor.
Fikrlar