
“Livepul” Muhammad Saloh o‘rniga zo‘r hujumchi tanladi
Niderlandiyalik hujumkor futbolchi Doniell Malen faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Bir necha potsiziyada o‘ynay oladigan charm to‘p ustasini “Liverpul” o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Liverpulliklar Malenni jamoa to‘purari Muhammad Saloh o‘rniga olib kelmoqchi.
Misrlik hujumchining klub bilan shartnomasi kelasi yoz tugaydi. Tomonlar hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha hali kelishuvga erishgani yo‘q. Qolaversa, Saudiya Arabistoni klublari anchadan beri Muhammad Salohni o‘z ligalariga olib ketish uchun pulni ayamasliklarini bildiryapti.
Doniell Malenga “Arsenal” ham og‘iz solmoqda. Mikel Arteta ham keyingi paytda jamoaning ko‘p gol ura oladigan futbolchiga ehtiyoji borligini ta’kidlab keladi.
Malen uchun Angliya futboli begona emas. Futbol sir-asrorlarini “Ayaks”da o‘rgana boshlagan hujumchi keyinchalik “Arsenal” yoshlar jamoasida malaka oshirgan.
Professional faoliyatini PSVda boshlagan Malen 2021 yildan beri “Borussiya Dortmund” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar