"Liverpool" raqib jamoaning eng zo'r futbolchisini olib ketmoqchi

  • 04.10.2026 16:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Tottenxem» jamoasida to‘p surib kelayotgan Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Mikki van de Ven yana bir ingliz klubiga o‘tishi mumkin.

Football Insider nashri xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchiga «Liverpul» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mersisayd klubi himoyachini qishki transfer oynasidayoq yoki kelasi yil yozida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 

Shu bilan birga, «Tottenxem» rahbariyati jamoaning yetakchi himoyachisini qo‘yib yuborish tarafdori emas.

Mikki van de Ven London klubiga 2023 yil avgust oyida kelib qo‘shilgan. U bilan tuzilgan shartnoma 2031 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.

Joriy mavsum Angliya Premier-ligasida van de Ven to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi va bir bor ogohlantirish oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!