"Liverpul" – "Real" uchrashuvini boshqaradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

  • 19.02.2023 21:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chempionlar ligasining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Real" Madrid uchrashuviga hakamlar tayinlandi.

Mazkur bahsni ruminiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradigan bo‘ldi.

Bosh hakam – Ishtvan Kovach, yordamchilar – Vasile Marinesku, Ovidiu Artene, zaxira hakami – Horatiu Fesnik. VAR tizimi esa, italiyalik  Massimiliano Irrati va Marko Guidaga ishonib topshirilgan.

Ma’lumot uchun, mazkur uchrashuv chorshanba kuni soat 01:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!