"Liverpul" 67 yillik antirekordni takrorladi
"Aston Villa" kecha APLning 4-turida "Liverpul"ni 7:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
E’tiborlisi, “Liverpul” 1953 yildan buyon Angliyada amaldagi chempion 7 ta gol o‘tkazib yuborgan ilk jamoaga aylandi.
Bundan 67 yil avval, "Arsenal" amaldagi chempion sifatida "Sanderlend"ga qarshi bahs olib borgan va 1:7 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Shundan buyon, hech bir klub amaldagi chempion sifatida bir o‘yinda 7 ta gol o‘tkazmagan edi.

Fikrlar