
"Liverpul" autsayderni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi
"Liverpul" APL 33-turida o‘z maydonida "Aston Villa"ni qabul qilib, qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.
Birinchi taymda jamoalar bir qancha imkoniyatlarga ega bo‘lishdi, biroq darvozalarga yo‘l topa olishmadi.
Uchrashuvning 71-daqiqasida Sadio Mane hisobni ochdi va o‘zining mavsumdagi 20-golini kiritdi.
O‘yinning 85-daqiqasida maydonga tushgan Kertis Jons, 89-daqiqada o‘yinga yakuniy nuqta qo‘yuvchi gol muallifi bo‘ldi.
Shu tariqa, Klopp shogirdlari 33 turda 89 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. "Aston Villa" esa, 27 ochko bilan 18-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar