"Liverpul" bu xabarni tasdiqladi

  • 29 may, 2022, 18:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
CHERY AUTO

Sadio Mane yozda "Liverpul"ni tark etadi. 

"Qanot futbolchisi keyingi transfer oynasida klubini o‘zgartirishga qaror qildi. Senegallik yulduz yangi chorlovlarga tayyor. "Liverpul" buni rasman tasdiqlaydi, deb yozdi jurnalist Fabritsio Romano. 

"Bavariya" Mane transferi uchun asosiy favorit hisoblanadi. Biroq hali hammasi hal bo‘lib ulgurmadi. Sababi, Sadio Chempionlar ligasi finalini kutmoqchi edi. 

"AS" nashri bergan xabarga ko‘ra, yarim himoyachi turnir finalida "Real"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng "Liverpul" bilan xayrlashgan. 

- Muxlislar" va murabbiyga hammasi uchun rahmat aytmoqchiman. Bu jamoaga omad tilayman.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli vinger 2016 yildan buyon mersisaydliklar safida to‘p tepadi. U klub bilan 6 ta sovrin yutishga muvaffaq bo‘ldi - Chempionlar ligasi, APL, Angliya kubogi, Liga kubogi, Evropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!