“Liverpool” futbolchisi Vinisiusni Angliyaga chaqiryapti

  • 18.02.2026 00:04
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Real" hujumchisi Vinisius Zhunior faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin.

TNT Sports Argentina xabariga ko‘ra, "Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslayning shaxsan o‘zi braziliyalikka qo‘ng‘iroq qilib, uni "qizillar" safiga qo‘shilishni taklif qilgan. Avvalroq Vinisius vengriyalik havbek uning yaxshi do‘sti ekanini aytgandi. Shu bilan birga, Soboslay bilan shartnoma imzolashdan "Real" manfaatdor.

"Liverpul" yozda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Muhammad Saloh o‘rniga Vinisiusni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Bir necha kun oldin Vinisius "Real" rahbariyatini o‘z kelajagi haqida imkon qadar tezroq qaror qabul qilishi uchun shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishga chaqirgan edi.

Vinisius "qaymoqranglilar"dan Kilian Mbappening maoshidan ko‘proq pul talab qilmoqda. Fransuz "Real"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!