"Liverpul" futbolchisini Italiyaga chorlashmoqda

  • 16 mart, 2020, 12:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubi himoyachisi Deyan Lovren faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

La Lazio Siamo Noi nashrining ma’lum qilishicha xorvatiyalik futbolchiga “Latsio”dan qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Rimliklar jamoadan ketishi kutilayotgan himoyasi Bashtush o‘rniga aynan Lovren nomzodini ko‘rib chiqishmoqda. Ular shuningdek “Real” himoyachisi Nachoni ham ko‘z ostilariga olib qo‘yishgan. Biroq, jamoaning aksariyat qismi Lovren nomzodini qo‘llab-quvvatlamoqda.

O‘z navbatida “Liverpul” ham Lovrenni sotib yuborishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga shuningdek «Milan», «Arsenal», «Tottenxem» va «Lion» klublaridan qiziqishlar mavjud.

Deyan Lovren joriy mavsum APLda 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!