"Liverpul" himoyachisi A Seriyaga o‘tishi mumkin

  • 14 aprel, 2020, 01:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining "Roma" klubi yozgi transfer oynasi vaqtida himoya chizig‘ini kuchaytirish haqida bosh qotirmoqda.

Yozda Kris Smollinngni "Manchester Yunayted"ga qaytishi ortidan rimliklar bo‘shab qolgan markaziy himoya chizig‘iga bir qancha variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Angliya nashrlari xabariga ko‘ra, "bo‘rilar" "Liverpul" himoyachisi Deyan Lovren va "Tottenxem" futbolchisi Yan Vertongen atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.

Ammo xorvatiyalik futbolchi "Roma"nig asosiy nishoniga aylanishi kutilmoqda. Klub futbolchining agenti bilan yozgi transfer oynasi ochilgunicha muzokaralar boshlashni rejalashtirishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!