
"Liverpul" himoyachisi muhim bellashuvni o‘tkazib yuboradi
Trent Aleksander-Arnold "Liverpul"ning "Tottenxem"ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
- U ertangi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Trent allaqachon tiklanish bo‘yicha murabbiy bilan shug‘ullanmoqda. Himoyachining sog‘ayish muddatini esa vaqt ko‘rsatadi, - dedi jamoa bosh murabbiyi Arne Slot.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli himoyachi APLning 24-turidan o‘rin olgan "Bornmut"ga (2:0) qarshi o‘yinda sonidan jarohat olib, 70-daqiqada zaxiraga olingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya Liga Kubogi yarim finalining ilk o‘yinida "Tottenxem" o‘z maydonida 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Fikrlar