"Liverpul" himoyachisi uchun mavsum tugadi

  • 30.06.2020 16:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubi himoyachisi Joel Matip bu mavsum jamoasiga boshqa yordam berolmaydi.

Xabarlarga qaraganda, 28 yoshli kamerunlik futbolchi oyog‘idan jarohat olgan. Uning qachon safga qaytishi esa noma’lum.

Matip joriy mavsum 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. “Liverpul” esa mavsum yakunlanishiga 7 tur qolganida APL chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!