
"Liverpul" himoyachisiz qoldi
"Liverpul" himoyachisi Joel Matip Angliya Premer-ligasi 15-turi doirasida "Vest Bromvich"ga qarshi uchrashuvdan jarohat oldi. Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bugun futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng jarohatning qay darajada og‘irligi ma’lum bo‘ladi.
"Liverpul"ning markaziy himoyachilari asosiy juftligi - Virjil van Deyk va Jo Gomes ham jarohat bois "qizillar"ga yordam bera olmayapti. Ikkala futbolchi ham mavsum oxirigacha safdan chiqqan.
Ammo, klub qishki transferlar vaqtida ushbu pozitsiyaga futbolchi sotib olish niyatida emas. "Liverpul" 19 yoshli Riz Uilyams va 23 yoshli Nataniel Fillipsga ishonishda davom etmoqchi.
Fikrlar