
"Liverpul" hujumchisi uchun APLning 2 klubi kurash olib bormoqda
"Aston Villa" va "Nyukasl" klublari "Liverpul" forvardi Garri Uilson uchun kurash boshlashdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra APLning har ikkala klubi 22 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishmoqchi. Biroq, mersisaydliklar uni to‘liq sotib yuborishni rejalashtirishmoqda va ushbu transferni 18 mln evroga baholashmoqda.
Ma’lumot uchun, Uilson o‘tgan mavsumni “Derbi Kaunti” safida ijarada o‘tkazdi va 40ta o‘yinda 15ta gol urishga erishdi.
Fikrlar