
“Liverpul” hujumchisiga A seriya grandi qiziqish bildirmoqda
"Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin.
Insayder Ekrem Konur xabariga ko‘ra, Turinning "Yuventus" klubi 30 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Keksa sinora" Roberto uchun 20 million funt (23,5 million evro) to‘lashga tayyor.
Firminoning mersisaydliklar bilan shartnomasi kelasi yil o‘rtalarigacha amal qiladi.
Braziliyalik hujumchi o‘tgan mavsumda "Liverpul"ning barcha turnirlar doirasidagi 35 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 gol urdi va 5 golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar