"Liverpul" hujumchisiga APLning 4 ta klubi xaridor bo‘lmoqda

  • 26 sentabr, 2020, 16:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Rayan Bryuster APL klublarining e’tiboriga tushdi. Bu haqda The Independent nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi uchun "Kristal Pelas", "Brayton", "Sheffild Yunayted" va "Aston Villa" kurash olib bormoqda. Mersisaydliklar esa uni kelajakda qaytarib sotib olish huquqi bilan 27,4 mln evroga sotishga tayyor.

Bryuster “Liverpul”ning asosiy jamoasida bor yo‘g‘i 4 ta o‘yin o‘tkazgan. Keyin uni “Suonsi”ga ijaraga berib yuborishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!