"Liverpul" ijaradagi futbolchisini ortga qaytarmoqchi

  • 13 dekabr, 2023, 19:12
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfer huquqi "Liverpul"ga tegishli bo‘lgan Fabiu Karvalyu qishki transferlar oynasida Angliyaga qaytishi mumkin. "Qizillar" uni klubga qaytarish uchun "Leyptsig" bilan muzokaralarni boshladi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, mersisaydliklar yarim himoyachining kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganidan norozi va uni hali ijara muddati tugamasidan oldin Germaniyani tark etishini istamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Karvalyu mavsum boshida nemislar safiga ko‘chib o‘tgandi. U "Leyptsig" safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!