
“Liverpul” Kloppni olib qolish uchun superfutbolchi olib beradi
“Liverpul” rahbariyati jamoani uzoq yillik tanaffusdan keyin chempionga aylantirgan Yurgen Klopp ketib qolmasligi uchun yozda transferga katta mablag‘ ajratishga qaror qildi.
Ayni paytda tarkibdagi muammolar tufayli “Liverpul” chempionlik unvonini munosib himoya qila olmayapti. Jamoa oxirgi o‘nta turda atigi ikkita uchrashuvda g‘alaba qozondi va musobaqa peshqadamidan 13 ochkoga ortda qolmoqda.
Natijada Yurgen Klopp yozda klubni tark etib, Germaniya terma jamoasini boshqarishni o‘ylayotgani haqida xabarlar tarqatila boshladi. Germaniyalik mutaxassisni olib qolish uchun “Liverpul” xo‘jayinlari Bundesligadan Erling Xolandni transfer qilmoqchi va buning uchun 96 million funtdan voz kechishga tayyorligini bildirmoqda.
Fikrlar