
"Liverpul" klublar o‘rtasidagi JCh uchun o‘z qaydnomasini e’lon qildi
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp yaqinlashib kelayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun jamoa qaydnomasini e’lon qildi.
Darvozabonlar: Alisson, Adrian, Endryu Lonergan;
Himoyachilar: Virdjil van Deyk, Deyan Lovren, Djo Gomes, Endryu Robertson, Trent Aleksandr-Arnold, Neko Uilyams;
Yarim himoyachilar: Jorjino Veynaldum, Djeyms Milner, Nabi Keyta, Djordan Xenderson, Aleks Oksleyd-Chemberlen, Adam Lallana, Djerdan Shakiri, Kyortis Djons, Xarvi Elliot;
Hujumchilar: Roberto Firmino, Sadio Mane, Moxamed Salax, Rian Bryuster, Divok Origi.
Eslatib o‘tamiz, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati joriy yilning 11-21 dekabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadi. “Liverpul” musobaqaning yarim finalidan o‘z ishtirokini boshlaydi.
Fikrlar