"Liverpool" Konate o‘rniga to‘rt nomzodni ko‘rib chiqmoqda
"Liverpul" rahbariyati Ibraima Konate jamoani tark etayotgani ortidan himoya chizigʻini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda.
Fransiyalik markaziy himoyachi faoliyatini Madriddning "Real" klubida davom ettiradi. Shu munosabat bilan mersisaydliklar uning oʻrniga yangi futbolchi izlashga kirishgan.
"Caught Offside" nashrining xabar berishicha, "Liverpul" bir vaqtning oʻzida bir nechta nomzodni kuzatmoqda. Ular orasida "Sporting" himoyachisi Gonsalu Inasiu, "Napoli" futbolchisi Sém Byokema, "Tottenxem" aʼzosi Luka Vushkovich hamda "Nottingem Forest" himoyachisi Murilyo bor.
Klub ushbu futbolchilardan birini yozgi transfer oynasida oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini oʻrganmoqda.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsum Angliya Premier-ligasida "Liverpul" 60 ochko toʻplab, musobaqani beshinchi oʻrinda yakunlagan. Yangi mavsumda jamoani ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraola boshqaradi.

Fikrlar