"Liverpul" Kuboni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 17 aprel, 2024, 15:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Sosedad"ning hujumkor yarim himoyachisi Takefusa Kubo Angliya chempionatining top-klubida ishlash imkoniyatiga ega. "Fichajes" nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchiga “Liverpul” hamon qiziqish bildirmoqda.

Kubo yozgi transferlar oynasida mersisaydliklarni kuchaytirish uchun ustuvor variantlardan biri hisoblanadi. “Qizillar” futbolchi uchun 60 million evro taklif qilishgan. Takefusa "Real Sosedad" bilan 2029 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida yaponiyalik vinger 24 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!