"Liverpul" Lovrenning narxini e’lon qildi

  • 14 iyun, 2019, 10:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi rahbariyati himoyachi Deyan Lovrenni qanchaga sotish masalasida bir qarorga keldi.

The Times nashrining xabar berishicha mersisaydliklar 29 yoshli xorvatiyalik futbolchini 30 million evroga baholashmoqda. Biroq, klub rahbariyati uni sotishga shoshilmayapti va shu bois ma’qul taklif tushishini kutishmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq unga "Milan"dan qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Lovren o‘tgan mavsum “Liverpul” safida 18ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!