
"Liverpul" mavsum oxirida Tyago bilan xayrlashadi
"Liverpul" klubi yarim himoyachi Tyago Alkantara bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayapti. "Football Insider" nashrining xabar berishicha, rahbariyat u bilan xayrlashishga tayyor.
Futbolchining o‘zi Liverpulda qolishni istamoqda. Biroq uning yoshi va ko‘p jarohat olishi "qizillar" uchun muammo bo‘lib ko‘rinyapti.
O‘z vaqtida Tyago "Barselona", "Bavariya" kabi top klublar sharafini himoya qilgan. "Transfermarkt" portali uni yuqori formada bo‘lib turganida 70 million evroga baholagan.
Hozir Alkantaraning narxi o‘sha portalda 12 million evro etib belgilangan.
Fikrlar