“Liverpul” Mbappeni olish yo‘lini topdimi?
Angliya chempionligi sharafini himoya qilayotgan “Liverpul” kelasi yozda PSJni tark etishini e’lon qilgan Kilian Mbappeni olishni maqsad qilgan.
Futbolchining o‘zi faoliyatini Angliya yoki Ispaniyada davom ettirishni istamoqda. Mbappega “Real” ham da’vogarlik qilmoqda. Madridliklar yaqinda frantsiyalik hujumchi hozirdan Madridga kelishini kafolatlasa, unga 100 million evro miqdorida bonus va’da qilgan edi.
“Liverpul” ham dunyoning eng qimmat futbolchisi uchun kurashni davom oxirigacha olib bormoqchi. Yurgen Kloppning shaxsan o‘zi Mbappe vakillari bilan aloqani ushlab turibdi. Liverpulliklar yosh hujumchisiga olti yillik shartnoma va yiliga kamida 50 million funt maosh va’da qilgan edi.
PSJ Mbappeni 2017 yili “Monako”dan ijaraga olib, bir yildan keyin hujumchi uchun 145 million evro to‘lagan edi. Kilianning parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi. Futbolchi o‘zaro hamkorlikni davom ettirmaslikni bildirgan.



Fikrlar