
“Liverpul” Muhammad Salohni sotadi. Uchta xaridor tayyor
“Liverpul”ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh yozda boshqa jamoaga o‘tishi kutilmoqda.
Tribal Football nashrining ma’lum qilishicha, klub mutasaddilari 30 yoshli to‘purarni sotib yuborishga qaror qilgan. Manbaning ta’kidlashicha, Saloh yangi shartnoma imzolaganidan keyin o‘yin sifatini tushirib yuborgani rahbariyati e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Ayni paytda mohir to‘purar xizmatiga “Real”, “Bavariya” va PSJ qiziqish bildirib turgani aytilmoqda.
Muhammad Salohning “qizillar” bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan. Uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klublar 80 million evro atrofida xarajat qilishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar