"Liverpul" muxlislari uchun hushxabar

  • 30 aprel, 2019, 21:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi forvardi Roberto Firmino mushaklaridan olgan jarohatidan forig‘ bo‘ldi.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 27 yoshli braziliyalik futbolchi bugun mersisaydliklarning umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Shu tariqa u ertaga “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL yarim final dastlabki uchrashuvida jamoasiga yordam bera oladi.

Ma’lumot uchun, Firmino joriy mavsum “Liverpul” safida jam  46ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" - "Liverpul" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!