"Liverpul" muxlislari uchun noxush xabar

  • 20 sentabr, 2021, 17:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" o‘zining rasmiy sayti orqali sog‘lig‘ida muammolar bo‘lgan ba’zi futbolchilarning ayni damdagi holati haqida ma’lumot bor edi.

O‘tgan hafta APL doirasida "Kristal Pelas"ga (3:0) qarshi o‘yinda zaxiraga olingan yarim himoyachi Tyago jamoaning keyingi ikkita o‘yinini - "Norvich" (Liga kubogi) va "Brentford"ga (premer-liga) qarshi bo‘ladigan bahslarini o‘tkazib yuboradi. Shu bilan birga, Tyago jarohati bo‘yicha umumiy tekshiruv natijalarini kutmoqda.

Qayd etilishicha, Trent Aleksandr-Arnold ham "Norvich" ga qarshi o‘yinda ishtirok etolmaydi. "U bir necha kun ichida tuzalib ketadi, ammo "Norvich" bilan o‘yinga hali tayyor emas", - deyiladi klub xabarida.

Roberto Firminoga kelsak, u shu hafta umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!