“Liverpool” Niderlandiyaning zo‘r himoyachisini olib keladi
Angliya Premier-Ligasining amaldagi gʻolibi “Liverpul” tarkibini Niderlandiya terma jamoasining oʻng qanot himoyachisi Lyutshkarel Gertreyda yordamida kuchaytirishni istayapti.
Ana shu maqsadda Arne Slot jamoasi futbolchi vakillari bilan muzokarani davom ettirmoqda va transfer joriy mavsum yakunlanishi bilan amalga oshirishni koʻzlagan.
Ayni paytda 25 yoshli futbolchi ijarada “Sanderlend”da oʻynamoqda. Aslida Gertreydaning transfer huquqi Germaniyaning “Leyptsig” klubiga tegishli.
Jurnalist Fabrizio Romanoning xabar berishicha, liverpulliklar bosh murabbiyi Arne Slot Gertreydani “Feyenoord”dagi hamkorlik davridan tanishi sababli unga qiziqish bildirgan.
Joriy mavsumda Gertreyda barcha musobaqalarda 18 oʻyinda qatnashdi. Uning nemis klubi bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati 20 million evroni tashkil qilmoqda.
Gertreyda Niderlandiya terma jamoasi safida 19 oʻyin oʻtkazgan.

Fikrlar