"Liverpul" qaysi futbolchi uchun 100 mln evro to‘lamoqchi?

  • 26 mart, 2018, 13:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi yozgi transferlar davrida "RB Leyptsig" forvardi Timo Vernerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar 22 yoshli futbolchi uchun 100 million evro taklif qilishmoqchi. O‘z navbatida Verner ham yozda jamoasini o‘zgartirishga tayyor. Bundan avvalroq u Angliya premer-ligasida, hususan, "Manchester Yunayted"da o‘ynash niyati borligi haqida aytib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Verner joriy mavsum “RB Leyptsig” safida jami 37ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 18ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!