
"Liverpul" qishki transferlar oynasida yangi futbolchi xarid qiladimi?
"Brayton"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Angliya kubogidan chiqib ketgan “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jurnalistlar tomonidan jamoa hozirgi inqirozdan chiqish uchun davralar oralig‘ida yangi transferlar amalga oshiradimi, degan savolga javob berdi.
"Yo‘q. Ushbu transfer oynasida hech narsa bo‘lmaydi. Tamom”, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" ayni damda Premer-ligada 29 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar