“Liverpul” “Roma” hujumchisini olmoqchi. U kim ekan?

  • 13 may, 2022, 18:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” xalqaro maydonda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani bois uning o‘yinchilariga chetdan taklif bo‘la boshladi. Ayniqsa, Angliya premer-ligasi klublari Rim klubida Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynayotgan chram to‘p ustalariga alohida qiziqish bilan qaramoqda.

Tecno

Xususan, “Manchester Yunayted”, “Arsenal”, “Tottenxem” va “Chelsi” portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida to‘purarlik mahoratini namoyish qila boshlagan Temmi Abraxamni olishni orzu qilmoqda. Angliya grandlaridan yana biri – “Liverpul”ning tanlovi sal boshqaroq bo‘ldi.

Yurgen Klopp o‘z jamoasida bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan Nikolo Dzanoloni ko‘rmoqchi. La Gazzetta dello Sport nashrining  yozishicha, 22 yoshli yulduz klub bilan amaldagi kelishuvni uzaytirmayapti. Agar mavsum oxirigacha klub mutasaddilari italiyalik futbolchining imzosini ololmasa, yozda uni sotib yuborishga to‘g‘ri keladi.

Aslida rimliklar Dzanoloni qo‘yib yuborishga qarshi emas. Buning uchun xaridor klub 65-70 million evro to‘lashi kerak. Nikologa assoiy da’vogarlardan biri “Yuventus” hisoblanadi.

Joze Mourino A Seriyadagi himoyachilar Dzanologa nisbatan shavqatsiz o‘ynayotgan va texnikasi  kuchli o‘yinchi keyingi mavsumlarda jiddiy shikastlanganini inobatga olib, Nikologa Angliya klublariga ko‘chib o‘tishni maslahat bergandi.

Dzanol “Roma” safida 2018 yildan beri o‘ynamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakunlanadi. Bu mavsum iste’dodli hujumchi barcha turnirlarda 39  marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlarining sakkizta goliga samarali pas uzatdi.

95d0ab6b-5aa1e7e0cfa339fb093eb312fb3e3694

Mourinoni erga urishdi!

Italiya futbolining yorqin namoyandalaridan biri, chexiyalik mutaxassis Zdenek Zeman portugaliyalik murabbiy Joze Mourinoning natijalarini tan olmadi.

Ma’lumki, Mourino qo‘l ostida rimliklar so‘nggi 31 yilda ilk bor Evrokuboklar finalida o‘ynaydigan bo‘ldi. “Roma” Konferentsiyalar ligasining hal qiluvchi bahsida Niderlandiyaning “Feyenoord” jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Joze Mourino UEFAning uch turniri – Chempionlar ligasi, Evropa Ligasi va Konferentsiyalar ligasi finaliga chiqqan birinchi murabbiy hisoblanadi.

- Mourinoning muvaffaqiyatini so‘rayapsizmi? Bu muvaffaqiyat emas, balki turnirning saviyasi mastligini ko‘rsatadigan ko‘rsatkich. A Seriyada eng yaxshi ishlayotgan murabbiy esa Vinchentso Italyano. Bu mutaxassis menga Joze Mourinodan ko‘ra ko‘proq yoqadi, - dedi Zdenek Zeman.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Vinchetso Italyano boshqarayotgan “Fiorentina” futbolchilari “Roma”ni 2:0  hisobida engib, Evropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurashga qo‘shildi.

299f10

Bu transfer amalga oshadigan bo‘lyapti

“Roma”ga tegishli bo‘lgan tajribali himoyachi Alessandro Florentsi to‘liq “Milan”ga ko‘chib o‘tishga tayyor.

Milanliklar o‘tgan yili yozdan beri ijara asosida o‘ynayotgan futbolchini to‘liq transfer qilish bo‘yicha bir to‘xtamga kelgan. Hozir klub mutasaddilari rimliklar bilan belgilangan 4,5 million evro miqdoridagi badal pulini arzonlatish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Florentsi “Milan” rahbariyati bilan shaxsiy shartnomasini kelishib olgani aytilmoqda. Unga ko‘ra, tomonlar 2025 yilning yozigacha javom etadigan kelishuvni imzolashi kutilyapti.

31 yoshli futbolchi faoliyati davomida “Roma” va “Milan”dan tashqari “Krotone”, “Valensiya” va “Pari Sen-Jermen” klublarida ham faoliyat olib borgan.

Italiya terma jamoasi safida o‘tgan yili o‘tkazilgan Evropa chempionati g‘olibi bo‘ldi.

Florentsi joriy mavsumda jami 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qildi.

1624943435_izobrazhenie_2021-06-29_080939

Mourino kelasi mavsum rejalarini aytdi. Unda Shomurodovga o‘rin bormikin?

“Roma”ga xushxabar!

“Roma”ning po‘stagini qoqamiz!

“Roma” hujumchisi: Ketishim kerak bo‘lgan vaqt kelganini bildim!

Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!