“Liverpool” Saloҳ o‘rniga kutilmagan yulduzni tanladi

  • 16.02.2026 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Joriy mavsum oʻyini va samaradorligida sezilarli pasayish kuzatilgan Muhammad Saloḥ yozgi transferlar oynasi davrida sotib yuborilishi kutilyapti.

“Liverpul” rahbariyati misrlik yulduzning shartnomasi tugashiga bir yil qolishiga qaramay, uni yozda Saudiya Arabistoni klublaridan biriga transfer qilishga tayyor.

Oʻz navbatida, Saudiya Arabistoni Professional ligasi “An-Nasr”da oʻynayotgan Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlar buzilganidan keyin Muhammad Saloḥni liganing yangi timsoliga aylantirishni rejalashtirib qoʻygan.

“Liverpul” mutasaddilari Saloḥga oʻrinbosar sifatida “Atletik Bilbao” hujumkor futbolchisi Niko Uilyamsni olib kelmoqchi.

Transfer News Live va El Nacional kabi nufuzli manbalarga koʻra, mersisaydliklar “Atletik” bilan 2035 yilgacha davom etadigan shartnomaga ega oʻyinchi uchun 95 million yevro toʻlashga tayyor. Bu summa Uilyamsning bitimidagi baland puli miqdori ekani aytilmoqda.

Avvalroq,  23 yoshli Uilyams ikki marta “Barselona” taklifini qabul qilmay, “Atletik”da qolish qaroridan afsuslangani xabar qilingan edi. Har ikki qanotda oʻynay oladigan yulduz “Atletik” biror sovrinni qoʻlga kirita olishiga ishonmay qoʻygani taʼkidlangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!