"Liverpul" so‘nggi 1 yil ichida qancha zarar ko‘rganini e’lon qildi
"Liverpul" klubi o‘tgan moliyaviy yil yakunlari haqida xabar berdi.
Klub rasmiy saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, 2020 yilning may oyidan buyon o‘tgan 12 oy muddat davomida mersisaydliklar soliqlardan tashqari 46 million funt miqdorida zarar ko‘rgani qayd etilgan. Taqqoslash uchun, klub 2019 yilda ushbu davrda 42 million funt foyda ko‘rgan edi. Bu esa bir moliyaviy yilda farq 88 million funtga etganini ko‘rsatmoqda.
Tijorat daromadi 29 million funtdan 217 million funtgacha oshganiga qaramay, media daromadlar 202 million funtdan 59 million funtga tushib ketgan. Uy uchrashuvlaridan tushadigan daromadlar 71 million funtga kamaygan.
"Liverpul" daromadining pasayishi koronavirus pandemiyasining ta’siri bilan bog‘liq. Klub pandemiyaning umumiy salbiy ta’sirini 120 million funtga baholamoqda.
Shu bilan birga, "Liverpul"dagi maoshga sarflanadigan mablag‘ 310 milliondan 325 million funtga ko‘tarilgan.



Fikrlar