"Liverpul" to‘purariga London grandlari xaridor bo‘lmoqda
"Liverpul" hujumchisi Sadio Mane jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Todofichajes nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 29 yoshli senegallik futbolchining xizmatlariga Londonning 2 ta grandi - "Arsenal" va "Tottenxem" jiddiy qiziqish bildira boshlagan.
Aytish kerakki, Manening "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. U bu kelishuvni uzaytirish bo‘yicha mersisaydliklar bilan hozircha murosaga kela olmayapti.
Mane joriy mavsum “Liverpul” safida jami 8 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘ydi. Uning ayni damdagi transfer narxi 85 mln evroga baholanmoqda.



Fikrlar