"Liverpul" to‘purarlik rekordini o‘rnatdi

  • 28 dekabr, 2016, 08:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
Angliya premer-ligasining 18-turida o‘z maydonida "Stok Siti" jamoasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan "Liverpul" bir yilda urilgan gollar bo‘yicha klub rekordini yangiladi.
 
Germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp qo‘l ostida hujumkor o‘yin ko‘rsatayotgan "Liverpul" futbolchilari 2016 yilda raqiblari darvozasini jami 86 marotaba ishg‘ol qildi. Bu ko‘rsatkich orqali liverpulliklar 2013 yili o‘rnatilgan va 84 ta goldan iborat bo‘lgan rekordni yo‘qqa chiqardi.
 
Ayni paytda "Liverpul" APL jadvalida 40 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!