
"Liverpul" va "Chelsi" bir futbolchiga qiziqib qoldi
"Bornmut" klubi yarim himoyachisi Lyuis Kuk faoliyatini APLning top klublaridan birida davom ettirishi mumkin.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli futbolchini "Liverpul" va "Chelsi" klublari kuzatib borishmoqda. Biroq, mersisaydliklar ham, londonliklar ham hozircha uning transferi borasida rasmiy taklif bildirishayotgani yo‘q. Boisi, Kuk tizzasidan olgan jiddiy jarohatidan yaqindagina sog‘aydi.
Ma’lumot uchun, Kuk joriy mavsum “Bornmut” safida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning transfer narxi esa 20 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar