"Liverpul" va "Manchester Siti" bir futbolchi uchun kurashadi
"Bornmut" etakchisi Antuan Semeno faoliyatini ikkita grand klubdan birida davom ettirishi mumkin.
Joriy mavsumni zo‘r sport formasida boshlagan Antuan Semeno uchun ikkita ingliz jamoasi kurash olib borishi kutilmoqda. "Cauht Offside" nashri bergan xabarlarga ko‘ra,"Manchester Siti" hamda "Liverpul" jamoalari ganalik futbolchini jamoaga olib kelish uchun 75 million evrodan voz kechishga tayyor. Endi hammasi Semenoning o‘ziga bog‘liq. U qaysi klubga o‘tishni tanlashi kerak. Futbolchining "giloslar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozida yakunlanadi.
Ma’lumot uchun, Antuan joriy mavsumda umumiy 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar