“Liverpul” va MYu nishoniga “Barsa” futbolchisi tushdi
“Barselona” markaziy himoyachisi Ronald Arauxo faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish imkoniga ega.
Kataloniyaliklar 22 yoshli futbolchini uzoqroq muddati o‘z safida olib qolmoqchi. Shu bois, yosh futbolchiga besh yillik bitim taklif qilmoqchi. Biroq, Arauxoga angliyaliklarning takliflari qiziqroq tuyulishi mumkinligi klub xo‘jayinlarini xavotirga solmoqda.
Urugvay terma jamoasi himoyachisi bo‘lgan Arauxo maoshini oshirishni talab qilmoqda. Moliyaviy inqirozdan chiqa olmayotgan klub uning so‘rovini qondira olmasligi mumkin. Chunki “barsa”ning qarzi 1,3 milliard funtga etdi.
“Barselona” bilan 2023 yilning yarmigacha shartnomaga ega bo‘lgan Arauxo joriy mavsumda o‘nta uchrashuvda qatnashdi.

Fikrlar