
"Liverpul" va "Nyukasl"ni qo‘lga kirita olmagan shayx Ueyn Runi to‘p surayotgan klubni sotib olmoqda
Ueyn Runi to‘p surayotgan "Derbi Kaunti" klubi yaqin vaqtlar ichida BAA qirollik oilasi tomonidan xarid qilinishi mumkin.
"Manchester Siti" rahbari shayx Mansurning ukasi shayx Xolid bin Zaid Ol Naxoyon va chempionship klubi muzokaralarni hal qiluvchi bosqichida turishibdi. Kelishuv 66 million evroga baholanmoqda.
Shayx Xolid bu vaqtgacha ikki ingliz klubini qo‘lga kiritishga urinib ko‘rdi. U 2018 yil "Liverpul"ga, keyinroq "Nyukasl"ga og‘iz solib ko‘rgan edi.
Fikrlar