
“Liverpul” va “Vest Xem” 60 mln evro turadigan futbolchi uchun kurashmoqda
Angliyaning “Liverpul” va “Vest Xem” klublari “Benfika” hujumchisi Raul Ximenesga qiziqish bildirmoqda, deb yozadi TMW.
26 yoshli meksikalik futbolchining “Benfika” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo‘ljallangan. Uning transfer narxi 60 mln evroga baholanmoqda.
O‘tgan mavsumda Ximenes Portugaliya chempionatining 19 o‘yinida (shulardan 6 tasida asosiy tarkibda) maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 7 ta gol urgan.
Fikrlar