"Liverpul" yana Fekirni sotib olishga urunib ko‘radi

  • 13.06.2019 16:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Lion" klubi yarim himoyachisi Nabil Fekir yana "Liverpul"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Jurnalist Romen Kolle-Godenning ma’lum qilishicha mersisaydliklar 25 yoshli Frantsiya terma jamoasi a’zosi uchun 30 million evrodan voz kechishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Fekir bundan bir yil muqaddam ham “Liverpul”ga ko‘chib o‘tishi mumkin edi. Biroq, yakunda tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olishmagandi.

Ma’lumot uchun, Fekir o‘tgan mavsum “Lion” safida 47ta o‘yinda maydonga tushdi va 15ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!