
“Liverpul” yangi yulduzlarga ko‘z tikmoqda
Angliya chempionligi unvonini munosib himoya qila olmayotgan “Liverpul” yozda tarkibda o‘zgarish qiladi. Bosh murabbiy Yurgen Klopp hozirdan yangi tarkib uchun nomzodlarni to‘plamoqda.
Liverpulliklar birinchilardan bo‘lib “Seltik”ning asosiy yulduzi Odson Eduarni transfer qilishni mo‘ljallamoqda. “Qizillar” shotlandiyaliklarga bu futbolchi uchun Divok Origini berib, qo‘shimcha mablag‘ taklif qilmoqchi.
Agar “Seltik” belgiyalik hujumchini olishni istamasa, Odson Eduarning transferi to‘lig‘icha sotib olinadi.
Eduar joriy mavsumda Shotlandiya chempionatida 26 ta uchrashuvda 16 ta gol urib, jamoadoshlariga uchta golli uzatma berdi.
Fikrlar