"Liverpul" yozda "Real" hujumchisini sotib olmoqchi
"Liverpul" rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. Bosh murabbiy Yurgen Klopp bu borada "Real" hujumchisi Vinisius Juniorni ko‘zlamoqda. Bu haqda OKDiario nashri xabar bermoqda.
"Qirollik klubi" PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish uchun 20 yoshli braziliyalik futbolchini sotib yuborishga tayyor. Transfermarkt sayti talqiniga ko‘ra, Vinisiusning ayni damdagi transfer narxi 40 million evroni tashkil etadi.
Vinisius joriy 2020/2021 yilgi mavsumda "Real" safida jami 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar