"Liverpul"ga qaytgan Kariusni qanday taqdir kutmoqda?

  • 06.05.2020 11:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubi rahbariyati "Beshiktosh"da ijarada bo‘lib qaytgan darvozabon Loris Kariusni sotib yubormoqchi.

Liverpool Echo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, mersisaydliklar 26 yoshli nemis posbonini klubda olib qolishmoqchi emas. Shu bois u jamoa mashg‘ulotlariga ham taklif qilinmagan.

Eslatib o‘tish lozimki, Karius 2018 yilgi EChL finalida “Real”ga (3:1) qarshi o‘yinda “Liverpul” darvozasini qo‘riqlagan va 2 ta juda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, jamoasining mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!