“Liverpul”ni birdaniga uchta superyulduz tark etadi

  • 7 sentabr, 2024, 12:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning birdaniga uch nafar mashhur o‘yinchisi 2025 yilning yozida jamoani tark etib, Saudiya Arabistoni pro-ligasi klublariga o‘tib ketishi kutilmoqda.

Caught Offside nashrining ma’lum qilishicha, Muhammad Saloh, Virjil van Deyk va Alison Beker Evropadan Osiyo ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda.

32 yoshl misrlik hujumchi “Liverpul”da oxirgi mavsumini o‘tkazayotganini aytdi. Klub rahbariyati asosiy to‘purarni olib qolish maqsadida murozakara o‘tkazmoqchi. Lekin bu Saloh klubda qoladi degani emas.

33 yoshli niderlandiyalik himoyachi Virjil van Deykning shartnomasi ham kelasi yoz tugaydi. Liverpulliklar tajribali futbolchiga o‘rinbosar ham topib qo‘ydi. Klub mutasaddilari “Yuventus”dan Gleyson Breremni olib kelmoqchi.

Braziliyalik 31 yoshli darvozabon Alison Bekerning klub bilan shartnomasi yana uch yil davom etishi kerak. Biroq “Liverpul” xo‘jayinlari uni sotib yuborishga tayyor. Bekerga “An-Nasr” qiziqish bildiryapti. Arne Slot jamoasi darvozani qo‘riqlash uchun “Valensiya” posboni Georgiy Mamardashvilini xarid qildi va o‘yin amaliyoti uchun ispan klubida ijarada qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!