"Liverpul"ning chorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi!
Angliya kubogining 1/8 final bosqichi doirasida "Nottingem Forest" o‘z maydonida "Xaddersfild"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, "Nottingem" 1/4 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi ushbu jamoa chorak finalda "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.
"Nottingem Forest" - "Xaddersfild" 2:1
Gollar: Lis, 13 - 0:1, Serrij, 29 - 1:1, Yeyts, 37 - 2:1
"Nottingem Forest": Xorvat, Spens, Kuk, Makkenna, Uorrell, Lou, Yeyts, Garner, Djonson, Sinkernagel (Kolbek, 64), Serrij (Devis, 68).
"Xaddersfild": Blekmen, Pipa, Lis, Pirson, Sarr (Uord, 55), Rafflz (Toffolo, 55), Xogg, Eyting, Xolms (Rouds, 67), Sinani (Andjorin, 79), Tomas.



Fikrlar