“Liverpul”ning nozik nuqtasi

  • 22.06.2020 22:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul”ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager jamoasi Muhammad Salohsiz g‘alaba qozona olmaganiga e’tibor qaratdi.

- “Liverpul”ning hujum uchligi – Saloh, Firmino va Mane Evropadagi eng kuchlilardan. Lekin ulardan biri maydonga tusha olmasa, liverpulliklarning samaradorligi keskin pasayib ketadi. Klopp shogirdlari MYuga qarshi o‘yinda ham ochko yo‘qotgandi. Sababi Saloh o‘ynamagan. “Everton” bilan ham shunday bo‘ldi. Demak, “Liverpul” hujum chizig‘ini kuchaytirishi kerak. Origi jamoa afsonasi, u muhim gollarni uradi. Lekin uning o‘yin sifatida talabga javob bermaydi.

Minaminoni ham kuchli hujumchi deb hisoblamayman. Aslida asosiy uch hujumchi jismonan baquvvat, ko‘p jarohat olmaydi, lekin ulardan biri yoki ikki nafari safdan chiqsa, “Liverpul” hujumi muammoga duch keladi, - dedi Karrager.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!