“Liverpul”ning supertransferi o‘xshamadi

  • 6 fevral, 2021, 21:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” yaqinda yakunlangan qishki transferlar vaqtida “Barselona” himoyachisi Samyuel Umtitini olishga harakat qilgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, liverpulliklar frantsiyalik futbolchini so‘rab, Kataloniya klubi rahbariyatiga murojaat qilgan. Ular ham himoyachini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan. Biroq, Umtitining o‘zi “Liverpul”ga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi.

Bir vaqtlar katta umidlar bilan Kataloniyaga olib kelingan Samyuel Umtiti ayni paytda asosiy tarkibga kira olmayapti. Bosh murabbiy Ronald Kuman uni Ispaniya chempionatida atigi besh marta maydonga tushirdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!